Zamonaviy turmuş tarzi, kamharakatlilik, notöğri ovqatlaniş va suyuqlikni yetarliça iste'mol qilmaslik, şaharning yomon ekologiyasi soğliğimizni ança yomonlaştiradi. Özimizga va sport bilan şuğullanişga kamroq vaqt ajratamiz. Öylab köring, turli nofaol köngiloçar işlarga qança kuçimizni sarflaymiz? Köpçiligimiz uçun kun poçtani yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifani tekşirişdan boşlanadi, 5 daqiqalik jismoniy maşqlardan emas. Biz kamharakatlilik asiriga aylanib boryapmiz.

Sport bilan şuğullaniş va töğri ovqatlaniş — bu faqat ortiqça kaloriyalarni yöqotiş degani emas. Bularning bari qomatni çiroyli saqlaşga yordam beradi, moddalar almaşinuvini tezlaştiradi, bu esa öz navbatida vaznning oşib ketmasligiga yöl qöymaydi, şuningdek, köplab yurak-tomir kasalliklari va diabetning paydo böliş xavfini kamaytiradi.

Organizmning suvga bölgan ehtiyojini doimo qondiriş zarurligini yodda tutiş kerak. Buning hisobini çiqariş qiyin emas: odam vaznining har bir kilogrammi uçun 40 millilitrdan suyuqlik içişi kerak. yarmi içimliklar bilan, yarmi taomlar bilan kirişi lozim. Organizmimiz uçun nihoyatda muhim suyuqlik manbai faqat suv emas, balki barça alkogolsiz içimliklardir (jumladan, qahva, çoy, şarbat, mors, va boşqalar), çunki ularning hammasi 85-99 foizi suvdan iborat. Içimlikni tanlayotganda suv sifatida va ta'miga ahamiyat beriş kerak. Maşhur işlab çiqaruvçilarning mahsulotlarini tanlagan ma'qul.

Ijobiy fikrlang va faol yaşang, sport bilan muntazam şuğullaning, harakatçanroq böliş uçun har bir imkoniyatdan foydalaning. Sport ham, töğri ovqatlaniş ham faqat rohat bağişlaşi kerak, şundagina bu sizning turmuş tarzingizga aylanadi.

Eng muhim narsalar mayda narsalardan boşlanadi. Quyida biz taklif etayotgan oddiy maslahatlar sizdan heç qanday maxsus tayyorgarlikni va katta mablağ tikişni talab qilmaydi, lekin hayotni faolroq va qiziqarliroq qilişga yordam beradi. Hozirdanoq harakatni boşlang!

Buning uçun biroz faolroq bölişingiz kerak, masalan:

  • - Işda yoki uyda telefonda gaplaşayotganingizda, örningizdan turib yuring.
  • - Qöllaringiz çigilini yoziş uçun ziqlikka qarşi koptokçadan foydalaning.
  • - Avtobusdan bir bekat oldin tuşib, qolgan yölni piyoda bosib öting.
  • - Ötirganingizda oyoqlaringizni çözing, töpiqlaringizni aylantiring, buking.
  • - Kompyuter qarşisida işlayotganda yelka va böyin maşqini qiling.
  • - Avval yaqiningizdagi, keyin uzoqdagi buyumga qarab, közga dam bering. Bu maşqni beş martaça takrorlang.