Rafael Benites "Real" boş murabbiyi sifatida işlaşni davom ettiradi. U Ispaniya çempioanatida ketma-ket ikkita öyinda mağlubiyat qayd etganiga qaramasdan jamoa prezidenti Florentino Peres uni qöllab-quvvatlaşda davom etişini bildirgan. Bu Peres 23 noyabr kuni keçasi maxsus matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Biz boş murabbiy Rafael Benitesni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Biz unga işonamiz. Men muxlislarning noroziligini tuşunaman. Lekin biz hozir sovuqqonlik va jiddiylik bilan jipslaşgan holda işlaşimiz kerak.
Işqibozlardan jamoa va futbolçilarni qöllab-quvvatlaşlarini sörayman. Ha, "Real" "Barselona"ga qarşi öyinda juda yomon öynadi. Lekin bu futbolçilar öz işiga yomon munosabatda böldi degani emas. Şu bilan birgalikda, muxlislarning murojaatlariga hurmat bilan yondoşaman. "Real"ning muxlislari eng talabçan işqibozlardir.
Öyinga tarkibni belgilaş borasida murabbiy töla mustaqil. "Real"da köplab murabbiylar işlagan va ularning barçasi mustaqil ravişda tarkib tanlagan", – deydi Peres matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, "Real" liganing keyingi ikki turida "Sevilya" (2:3) va "Barselona" (0:4) jamoalariga mağlub böldi hamda uçinçi öringa tuşib ketdi.
Qolaversa, futbolçilarning aksar qismi Benitesning himoyaviy taktikasidan norozi bölişmoqda.






