1974 yilning 24 noyabr kuni paleoantropolog Donald Joxanson boşçiligidagi Fransiya-AQŞ ekspeditsiyasi Efiopiyadagi Avaş daryosi vodiysidan avstralopitek suyaklarini topdi. 3.2 mln yil muqaddam yaşagan ayol suyaklari paleoantropologiya fanida ulkan özgariş yasadi.

Topilma, suyaklar ayol kişiga tegişli bölgani bois, şartli ravişda “Lyusi” deb ataldi. Bir neça yillardan söng ekspeditsiya rahbari şu nom ostida kitob naşr etdi.

Suyaklar 40 foizga saqlanib qolgan bölib, bu fanda kamdan-kam kuzatiladigan holatdir. Bu avstralopiteklarning taşqi qiyofasini ilgarigidan ança töliq tiklaş imkoniyatini berdi. Aytilişiça, topilma amalga oşirilganidan azbaroi xursand arxeologlar öşa kuni qarorgohlarida çinakam bayram uyuştirişgan, magnitofonda The Beatles guruhining Lucy in the Sky with Diamonds qöşiği yangrab turgan.

Lyusining plastikdan işlangan nusxasi Addis-Abebadagi Efiopiya milliy muzeyida saqlanadi.
Olimlarning aniqlaşiça, Lyusi halok bölganida 25-30 yoşlar orasida edi.