Moskva sudi şahardagi binolarga bomba örnatilgani haqida telefon orqali uç marta yolğon xabar bergan Özbekiston fuqarosini hibsga olişga körsatma berdi. Bu haqda Presnenskiy sudi matbuot kotibi Nina Yurkova ma'lumot berdi.

Uning sözlariga qaraganda, 21 yoşli Jamşid Abdirasulov ayni paytda hibsda saqlanmoqda. U telefon orqali huquq-tartibot organlariga yolğon axborot berganlikda gumon qilinmoqda.

16 noyabr mahalliy vaqt bilan 19:30da Arbat tumani böyiça politsiya navbatçi qismiga qönğiroq bölgan. Abdirasulov Karmanitskiy tor köçasidagi ofis binosida bomba borligini xabar qilgan. Biznes-markazdan xodimlar va mijozlar evakuatsiya qilingan, bino va uning atrofi tintuv qilingan. Ammo portlovçi uskuna topilmagan.

Yolğon axborot bergan şaxs bir neça kundan söng Moskva viloyatida qölga olingan. U 18 va 19 noyabr kunlari ham bunday telefon terrorçiligini amalga oşirgani aniqlangan.
Voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.