Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev yangi Mehnat kodeksini tasdiqladi, deb xabar beradi Oq Örda matbuot xizmati.

“Davlat rahbari Qozoğiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksini imzoladi; uşbu hujjat Millat rejasi – 5 institutsional islohotlar realizatsiyasi böyiça 100 konkret qadam doirasida mehnat munosabatlari tizimini modernizatsiya qiliş maqsadida işlab çiqildi”, - deyiladi xabarnomada.

Ilgariroq uşbu yangi kodeks loyihasi köpçilik fuqarolarning noroziligiga sabab bölgan edi, negaki undagi yangi çoralar iş beruvçilarga xohlagan paytda mehnat şartnomasini bekor qiliş imkoniyatini beradi.