Turkiya tomonidan urib tuşirilgan, Rossiyaga tegişli Su-24 samolyotining ikkinçi uçuvçisi ham halok bölgan. Bu haqda SkyNews xabar tarqatdi.
Biroz oldinroq, CNN telekanalining Turkiyadagi bölimi vakili Ezgi Jankurtaran öz tvitteri orqali Su-24 samolyotini halokatdan oldin tark etgan uçuvçilardan biri halok bölganini bildirgandi.
Biroz oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyotining urib tuşirilişini ortdan berilgan zarba deb atagandi.
Eslatib ötamiz, 24 noyabr, seşanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonçi samolyotini urib tuşirdi.
Avvalroq Turkiya tomoni Suriyadagi harbiy operatsiyani ötkaziş davomida Rossiya Turkiya havo kengliklarini buzib ötayotgani munosabati bilan Rossiyani ogohlantirgandi.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlaşiça, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.






