Suriya hududidagi Turkman toğlariga qulab tuşgan harbiy samolyot Rossiyaga tegişli bölgan. Bu haqda Turkiyaning Haberturk naşri xabar tarqatgan.
Aniqlik kiritilişiça, uçuvçilar samolyot qulaşidan oldin samolyotni tark etgan. Ulardan biri ayni vaqtda qidirilmoqda. CNN Turk xabariga köra, uçuvçi turkmanlar qölida asirlikda.
Ba'zi xabarlarga köra, Rossiya harbiy havo kuçlariga tegişli Su-24 samolyoti Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan u çegarani buzib ötgani uçun urib tuşirilgan.






