«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres 23 noyabr oqşomida taşkil etilgan matbuot anjumanida klubdagi vaziyat yuzasidan izohlar berib ötdi.

«Yanvar oyidan boşlab jamoaning öyinida pasayiş yuz bera boşladi. Biz muammoni hal qiliş uçun Benitesni tanladik. Lekin barça narsani bir keçada hal qilib bölmaydi.

Direktorlar kengaşining heç bir a'zosi Benitesni iste'foga çiqariş masalasini kötarmadi. Biz unga işonamiz va unga imkon berişimiz kerak.

Jamoa sardorlaridan ham heç kim murabbiyni almaştirişni söramagan. Kriştianu bu haqda gapirmadi. Kriştianu özi yoki Benitesni tanlaşni söramadi.

Ayrimlar men "Real"dan ketsam yaxşi böladi, deb öylaydi. Bu fikrga qöşilmayman. Menga turli fikrlarni yetkazişadi. Ayrim yolğon fikrlarga köra, men Ronalduni sotiş böyiça muzokara olib borgan ekanman.

Kimlardir direktorlar kengaşi va öyinçilar Benites «Real» murabbiyi sifatida işlaşini istamaydi, deb öylaşadi. Lekin bu yolğon», – dedi Peres.

Bundan oldinroq, "Barselona"ga qarşi "El Klasiko" bahsidagi yirik hisobdagi mağlubiyatdan keyin (0:4) "Real" hujumçisi Kriştianu Ronaldu jamoa rahbariyatiga boş murabbiy Rafael Benitesni böşatib yuboriş çaqiriği bilan murojaat qilgani, yöqsa özi ketmoqçiligini aytgani haqida xabar berilgandi.