Suvga tuşib ketgan smartfon maş-maşasi yoxud işlab ketişiga umid qilsa böladigan bir qança tavsiyalar.

Smartfonlar xojatxona unitaziga tuşib ketganida nima qiliş kerakligi haqida aytib ötilgan edi. Biroq suv faqat xojatxonada emas, barça joyda bor. Smartfonimiz istalgan paytda şörvaga tuşib ketişi, uning ustiga çoy tökib yuborişlari, egasi bilan birga yomğir ostida qolib ketişi, vannada “çömilişi”, kiyimga qöşilib kir yuviş maşinasida “yuvilişi” mumkin. Bunday holatlarda smartfonimizni saqlab qoliş imkoni bölmaydi, albatta, ammo ayrim çoralarni qöllab, uni saqlab qolişga umid qilsa böladi.

Batareyani suğurib oling yoki smartfonni öçiring

Eng birinçi qilinişi kerak bölgan iş — smartfonni energiya bilan ta'minlovçi har qanday manbadan uzib taşlaş. Suvning özi smartfonga zarar keltirmaydi, ammo suv kirişi natijasida sodir böladigan qisqa tutaşuv uning mikrosxemasiga zarar keltirişi va telefonni yaroqsiz holatga keltirişi mumkin. Agar smartfonning batareyasini oliş imkoni bölsa, birinçi bölib uni suğurib taşlang. Moboda bunday imkoniyat bölmasa apparatni batamom öçirib taşlang.

Barça qismlarini yeçib oling

Smartfonning barça qismlarini yeçiş olişga töğri keladi. Undan SIM-kartani, xotira kartasini, agar imkoni bölsa matritsa platasini yeçib oling. Şleyflarni ulangan yeridan uzib taşlang.

Quriting 

Telefon içiga kirgan suyuqlik yopişqoq (masalan, şirin çoy, gazli içimlik, kefir kabi) yoki yoğli bölsa (masalan, şörva, yoğ kabi) avvalo, uni suv bilan yuvib taşlaş lozim böladi.

Quritişn jarayonini ikki xil usulda amalga oşirsa böladi. Birinçi usul: uni quritişda çangyutgiçdan foydalaning. Aslo findan emas. Çunki fin smartfonning sezgi kuçli qismlariga, masalan dinamikasiga, mikrafoniga va ekraniga zarar keltiradi.

Töplanib qolgan suv tökib taşlanadi va çangyutgiçda 5-10 daqiqa quritiladi.

Ikkinçi quritiş usuli biroz köproq vaqt oladi. Guruç yoki oqşoq biror-bir idişga solinib, unga yeçib olingan smartfon qismlari aralaştirib qöyiladi. Bir-ikki kundan söng ular olinib, yiğib çiqiladi. Işlab ketişiga kafolat bölmasada, har holda umid qilsa böladi.