Konveyyerdan çiqqan avtomobil har jihatdan zör bölişi mumkin — dizayni deysizmi, taşqi körinişi deysizmi, bezagi deysizmi. Ammo bir jihati çatoq — boşqalarda ham xuddi şunday avtomobil bölişi mumkin. Avtomobili boşqalarnikidan ajralib turişini istaganlar esa tyuning-atelelarga murojaat qilişadi. Bunday atelelarda pardozga uçragan avtomobillar esa “egasi ham tanimaydigan” holatga keladi. Ana şunday pardozlangan avtomobillar önligi bilan tanişing.
“Hennessey Performance Venom GT”

“Hennessey” markasi ijodkori Jon Xennesining butun fikr-zikri superavtomobil yaratişda. U quvvati yuqori bölgan avtomobillarni qayta işlab, yanada qudratliroq qiliş ustida iş olib boradi. Ötgan asrning töqsoninçi yillari boşida u bor e'tiborini “Dodge Viper” modellariga qaratgan va ularni haqiqiy “tezkor maxluqlar”ga aylantirgan. Lekin keyingi paytda u “kamtargina” “Lotus” ustida iş olib bormoqda. “Hennessey Performance Venom GT” zavodda işlab çiqarilgan modelidan tubdan farq qiladi. Oğirligi bir tonnalan kamroq avtomobilga yetti litrli 1120 ot kuçiga ega V8 dvigateli örnatilgan bölib, u avtomobil tezligini uç soniyadan kamroq vaqt içida soatiga yuz kilometrga yetkaziş imkoniyatini beradi. Avtomobilning narxi 1 250 000 dollarga teng.
“Icon Thriftmaster Pickup”

“Icon” avtomobil atelesi retro-avtomobillarni qayta tiklaşga va bir neça yil ilgarigi modellar asosida öz loyihalarini yaratişga ixtisoslaşgan. Atelening eng yirik muvaffaqiyati esa “Icon Thriftmaster Pickup” loyihasi böldi. Mazkur loyiha asosida bir neça önta avtomobil işlab çiqarildi. “Icon Thriftmaster Pickup” asosida “Chevrolet” pikapi yotadi. Mazkur pikap ötgan asrning elliginçi yillari boşlarida işlab çiqarilgan bölib, öşa davrning eng ommabop avtomobillaridan bölgan. Maşinaning körinişi öşa davr modeli bilan bir xil bölib, asosiy farq unga yangi, zamonaviy qimmatbaho detallar örnatilganligidadir.
“Singer Vehicle Design Porsche 911”

Yarim asrdan buyon “Porsche 911” sport uslubidagi avtomobillar ramzi bölib kelmoqda. Avtomobilning har bir yangi avlodi heç şubhasiz ilgarigisidan a'loroq işlab çiqariladi. Lekin dunyoda “Porsche 911”ning eski modellarini suyadigan insonlar ham topiladi. Aynan ana şunday insonlar uçun “Singer Vehicle Design” atelesi “Porsche 911”ning ötgan asr töqsoninçi yillaridagi modellarini qayta tiklaş bilan şuğullanadi. Avtomobil kuzovi uglerod tolasidan tayyorlangan bölib, “Bi-Xenon” yoruğlik texnikasi va 17 dyuymli quyma disklar örnatilgan.













