Uyimizning şunday joylari borki, ular biz kutmagan darajada iflos va soğliğimiz uçun xafvli sanaladi. Va mana şu ifloslikni özimiz öz qöllarimiz hamda e'tiborsizligimiz tufayli paydo qilamiz. Biz milliardlab mikroblar orasida ovqatlanamiz, işlaymiz, uxlaymiz va yaşaymiz, ammo ular bilan kuraşişga xarakat ham qilmaymiz.

Bunga aniqlik kiritiş uçun xar bir uyda böladigan eng iflos joylar haqida kiçkina maqola tayyorladik. Agar keyingi tozalaş işlarimizda mana şu keltirilgan nuqtalarga köproq e'tibor qaratsak hayotimiz ozoda va xavfsizroq bölgan bölar edi. 

Yostiqjild

Xavflilik darajasi: örtaça

Yostiq va yostiqjild – mikroblarning xaqiqiy uyasi. Millionlab allergenlar, viruslar va bakteriyalar, çang kapasi va boşqa mikroskopik jonivorlar şu yerda töplanadilar. Bularning barçasi nafas yöli va köz kasalliklarini, astma va konyunktivitni keltirib çiqarişi mumkin. Bu muammolardan qoçişni xohlaysizmi, unda yostiqjildni bir haftada kamida bir marta almaştiring. 

Çangyutgiç

Xavflilik darajasi: örtaça

Özingiz öylab köring: bu uskuna bilan gilam va poldagi çanglarni tozalaysiz. Çangyutgiç eng yoqimsiz bakteriyalarning yaşirin uyasidir. Uni yaşaş xonalaridan alohida saqlaş va faqat çang xaltasini emas, truba va çötkasini ham tozalaş zarur.

Kontrollerlar

Xavflilik darajasi: örtaça

Deyarli xar bir xonadonda öyin kontrollerlari mavjud. Qança vaqtingizni navbatdagi mahluqni öldiriş bilan ötkazasiz? Tunda siz, monitor ekrani va biron-bir şirin taom idişi qolganingizda neça marta televizor pultini toza bölmagan qöllar bilan uşlaysiz? Endi tasavvur qiling, plastmassa qança kirni öziga singdirişi mumkin? 

Eşik tutqiçi