“Özbeknavo” estrada birlaşmasi Tamila taxallusi ostida ijod qiluvçi Esmeralda Raxmatovaning litsenziyasini qaytardi. Bu haqda Sayyod.com sayti xabar berdi.
E'lon qilingan litsenziya fotosuratidan köriş mumkinki, litsenziya “Özbeknavo” estrada birlaşmasining 2015 yil 10 noyabrdagi buyruği asosida taqdim etilgan. Tamila uşbu litsenziya orqali Özbekiston va xorijda konsert-tomoşa yönalişi böyiça faoliyatini olib boriş huquqiga qaytadan ega böldi.


Eslatib ötamiz, “Özbeknavo” estrada birlaşmasi 2015 yil 1 iyuldan Sabirov Anvar Karimoviç, Raxmatova Esmeralda Najmiddinovna (Tamila) va Umarova Kamila Raxmatulloyevna (Yagona)lar tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va şartlarni buzganligi sababli xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilişi töxtatilgan edi.