2015 yilning noyabrida Rossiya poytaxtida tuğilgan qizaloqlardan biriga Suriya ismi berildi. Bu haqda “Analitiçeskiy sentr” davlat byudjyet muassasasiga tayangan holda “Moskva” yangiliklar agentligi xabar berdi.
“Şahardagi FHDYo tuman bölimlaridan birining ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yil noyabrining uçinçi dekadasida poytaxtda yangi ism paydo böldi – Suriya, - dedi agentlikning suhbatdoşi. – Otasi ayni kunlarda Yaqin Şarqda xizmat komandirovkasida bölgan şu kunlarda tuğilgan qizaloqqa aynan şunaqa ism berildi”.
Markaz vakilining sözlariga qaraganda, bunday holat Moskvada tez-tez kuzatib turiladi. Şahar aholisi içida 2 nafar Rossiya, şuningdek, 1 nafardan Vizantiya, Indiya, Rossiyana, Çelsi, Maksim-Moskva, Nikolay-Nikita-Nil, Arxip-Ural, Sevastopol va Monino-Nikita ismlari bor. Bundan taşqari, poytaxtda 2 nafar Luna (Oy) ismli qizlar bor.






