Rossiyaning Su-24 samolyoti uçuvçilari tirik va ularni Turkiyaga olib keliş çoralari körilmoqda. Bu haqda Hurriyet Daily News naşri xabar tarqatgan.
Xabarda aytilişiça, ayni vaqtda ular Suriyadagi muxolif jangarilari qölida asirlikda bölib turibdi hamda Turkiya ularni ozod qiliş çoralarini körmoqda. Bu haqda öz ismini oşkor qilişni istamagan turkiyalik amaldor ma'lumot bergan.
"Bizning maxsus bölinmalarimiz Suriya bilan çegara hududida urib tuşirilgan Su-24 samolyoti uçuvçilarning tirikligi haqida ma'lumot olişgan. Ular katapulta orqali yerga soğ-omon qönişgan va asirga tuşişgan", degan manba.
Bugun, 24 noyabr kunining birinçi yarmida Turkiya Rossiyaning Su-24 rusumli bombardimonçi harbiy samolyoti öz havo çegaralarini buzib ötganlikda ayblab urib tuşirgandi.
Bu hodisa rasmiy Moskva tomonidan keskin norozilik bilan kutib olindi. Rossiya prezidenti Turkiyani terrorçilarga qarşi kuraşayotgan Rossiya samolyotini urib tuşiriş orqali terrorçilarga yordam körsatişda aybladi va bu işning oqibatlaridan ogohlantirdi.
U bu işni ortdan berilgan zarba sifatida baholagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa Su-24 samolyoti Turkiya havo hududini buzib ötmaganini bildirgan.
Bundan avvalroq, ayrim OAVlarda samolyotning har ikki uçuvçisi halok bölgani haqida xabar berilgan, lekin bu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagandi.
Suriya muxolifati uçuvçilardan birinning jasadi öz tasarrufida ekanini aytib, uni Suriya hukumati asirligida bölgan bir vakiliga almaştiriş niyatida ekanini aytgandi






