Turkmaniston Majlisining navbatdagi yiğilişida “Turkmanistonning 2016 yilgi davlat byudjyeti töğrisida”gi qonun qabul qilindi. Hujjatda körsatilişiça, 2016 yili davlat byudjyeti daromadlari 102 478.5 mln manatni, xarajatlari esa 104 878.5 mln manatni taşkil qilişi rejalaştirilgan.

Byudjyetning daromad qismiga keluvçi mablağlarning asosiy hajmi neft-gaz, kimyo, elektroenergetika, kapital quriliş sohalaridan keladi. Xarajatlarning asosiy qismi esa ijtimoiy sohaga, şu jumladan, ta'lim va soğliqni saqlaş tizimlarini, madaniyat, sport, ijtimoiy ta'minot va kommunal xöjalikni moliyalaştirişga yönaltiriladi.