Psixologlarning fikriça, vunderkindlar paydo bölişining bir neçta şartlari bor
Volfgang Motsart musiqaçilar oilasida dunyoga kelgan, lekin uning iste'dodi ota-onasini hayratga solgan. U uç yoşida opasining fortepiano kitoblaridan çalişni örganib olgan va tez orada fortepiano çaliş böyiça özidan beş yoş katta opasidan özib ketgan.
Beş yoşida Volfgang xalqaro konsertlar bergan va musiqa bastalagan. U sakkiz yoşga tölganida britaniyalik tabiatşunos Deyns Barrington kiçkina Motsartni sinab körgan: unga yaqindagina yozilgan beşta partiyali pesani bergan. Bolakay pesani endi körib turgan bölsa-da, royal oldiga ötirib darhol uni çalişni boşlagan.
Barrington bu haqda öz kitobida şunday yozadi:
“U bu partiturani ilgari körmagandi, lekin simfoniyani haqiqiy ustalardek bastakor fikriga mos tarzda mohirlik bilan ijro etdi”.

Deyns Barrington
Bunday bolalarni odatda iste'dodli yoki Xudo bergan iqtidor sohiblari deb ataşadi, lekin Motsart mö'jizaning özi edi. Ogayo ştati universiteti professori, psixolog Joanna Ratsets aynan ana şunday bolalarni örganiş bilan şuğullanadi.
Motsart kabi bolalar kamdan-kam tuğilişadi. Beş yoki ön millionta bolaga bitta ana şunday bola töğri keladi. Faoliyati davomida Ratsets 30 dan ortiq vunderkindlarni örgangan.
U duç kelgan ilk vunderkind ikki yoşli edi. Gödak haqida 1990 yili “People” jurnalida maqola çop etilgan. U çerkovda bir marta eşitgan musiqasini çala olgan. Ratsets uning IQ — intellektual salohiyatini tekşirib körgan va heç qanday ğayrioddiylikka duç kelmagan. Kiçkintoyning xotirasi ğayritabiiy edi.
Köpinça musiqa, matematika, san'at va şaxmatda professional qobiliyati ön yoşgaça namoyon bölgan bolalar vunderkind deb ataladi. Vunderkindlar paydo bölişi haqida köplab tadqiqotçilar öz taxminlarini bildirişgan: daholik örganiş natijasimi yoki tuğmami? Ratsets esa vunderkindlar paydo bölişi uçun quyidagi şartlar kerak deb hisoblaydi.

Joanna Ratsets / © www.cbsistatic.com






