Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy Sore radiostansiyasida bölgan sport dasturining töğridan töğri efir vaqtida öğliga adabini berib qöydi. El Pais bergan ma'lumotga köra, bu holat hukumat boşliği sport şarhlovçisi Pako Gonsales bilan birga “Şaxtyor” va “Real” örtasidagi uçraşuvni şarhlaş paytida bölgan.

Boş vazir efirga özining ön yoşli öğli Xuanni olib oldi. Dastur davomida Gonsales öğlidan mamlakatdagi eng maşhur sport şarhlovçisi, FIFA EA videoöyiniga ovoz bergan Manola Lama haqida uning fikrini söragan.

“Uni bemalol dabdala deb aytsa böladi”, — deb javob bergan Xuan. Natijada uning javobi studiyadagilarning, jumladan, otasining kulgisiga sabab bölgan. Kulgisini yaşira olmagan Raxoy öğlining boşi orqasiga ikki marta yengilgina tarsaki tuşirişga ham ulgargan.