Rossiya tomoni Su-24 samolyotining Turkiya tomonidan urib tuşirilişini, Turkiya tomonidan "ruxsat etilgan me'yorlarning buzilişi" sifatida baholamoqda. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov öz nutqida şunday degan.
"Bizningça Turkiya hukumati mintaqadagi vaziyatni xavf ostida qoldirib, "haddidan oşgan" holda harakat qildi. Turkiya ham xalqaro, ham mintaqadagi manfaatlarini qiyin ahvolga qoldirganiga işonç bildiramiz", degan u Suriya TIV rahbari Volid Muallim bilan uçraşuvi vaqtida.
Öz navbatida Muallim Rossiya harbiy bombardimonçi samolyotining Turkiya tomonidan urib tuşirilişini "harbiy jinoyat" sifatida baholagan.
Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya çegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirildi. Turkiyaning ta'kidlaşiça, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib ötgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etişiça, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.






