Qirğiziston prezident devonining sobiq rahbari Doniyor Norimboyev 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda respublika Oliy sudi devonxonasiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
“Norimboyev bugun Bişkekning Pervomaysk tuman sudi tomonidan qalloblik moddasi böyiça aybdor deb topildi, sud, şuningdek, uning mol-mulkini musodara qiliş töğrisida qaror qabul qildi”, - deyiladi xabarnomada.
Mazkur iş böyiça milliy parlamentning sobiq deputati Hojimurot Qörqmazov 1.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Bu ikki javobgarning advokatlari dalillarni işonçsiz deb hisoblab, apellyatsiyaga berişga hozirliklarini ma'lum qilmoqda.






