Rossiyaning Samara viloyatida Federal xavfsizlik xizmati neft öğriligi bilan şuğullanuvçi xalqaro jinoiy guruh faoliyatini foş qildi. RIA Novosti agentligining huquq-tartibot idoralariga tayangan holda ma'lum qilişiça, guruhning kunlik daromadi 1 mln rublni taşkil qilgan.
Ma'lum bölişiça, oxirgi yillarda foş etilgan eng yirik guruh neft quvurlarini kesib xom aşyo öğirlaş va uni noqonuniy yetkazib beriş bilan şuğullanib kelgan. Guruh faoliyati qança davom etgani, ular qanday miqdordagi öğriliklarni sodir etgani noma'lum.
Jinoyatçilarni qölga oliş böyiça operatsiya 25 noyabr kuni Sizranda bölib ötdi. Unda Samara va Penza viloyatlari huquq-tartibot organlarining 100 nafar vakili iştirok etdi.






