Mustaqil yurtimning har bir göşasida bölsangiz, unda hukm surayotgan tinçlik, farovonlik va olib borilayotgan bunyodkorlik işlaridan könglingiz kökka böy çözadi.
Rosti, kindik qoni tökilgan zaminni, farzandim deb milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalab, voyaga yetkazgan yurtni unutgan kimsalarning közi, taffakuri ojizligi atrofidagi har bir unsurda Vatan aksini köra olmasligida bölsa kerak.
Axir, Vatan va uning ne ekanligini his etiş, uning surat va siyratini anglaş qonimizda ajdodlardan meros...
Hozirgi kunda yoşlarimizni turli yot oqim va fitnaçi guruhlar ta'siriga tuşib qolmasligini oldini oliş jamiyat uçun dolzarb vazifalardan biri. Ösib kelayotgan yoş avlod öz qadrdon yurtidan faxrlanib, özgaça ğurur bilan ulğayişlari lozim. Çunki, biz obod va ozod ölkada yaşab umrguzaronlik qilyapmiz.
Kasbim taqozosi bilan yonimda doim fotouskuna va yondaftarça yuradi. Özimni hayratga solgan manzaralarni ham söz, ham tasvir orqali muhrlaş ham odatga aylangan. Bugun sizlarga Andijon şahridagi Bobur maydoni haqida sözlab bersam:
Bobur maydoni
Atrofga suvdan kamalak jilosini burkab turgan musiqiy favvora va turfa gullarga burkangan maydon törida buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tulporda viqor bilan bilan kelajakka nigoh taşlaydi. Atrofga taralayotgan mayin kuy ajib muhit paydo qilgan.
Körib turganingiz, şoir va sarkarda bobomiz orzu qilgan farovon kunlar röyobining aslidek, göyo. Uşbu fayzli hiyobonga bir bor taşrif buyursangiz, yana bir kelişni dilingizga tuyasiz.
Ha, Andijon şahrida qayta ta'mirlanib, zamonaviy körinişda gözallaşgan Bobur maydoni ayni kunda şahar aholisi va mehmonlarning dam oliş maskaniga aylangan
Maydonning eng diqqatga sazovor joylaridan biri - musiqiy fontan böldi. Suv, musiqa va çiroqlar illyuminatsiyasi bir maromga moslaştirilgan. Tovuşni kuçaytiruvçi moslamalar şunday joylaştirilganki, musiqa sadolari butun maydon va uning taşqarisiga ham tarqaladi. Andijonga oqşom qönganida razm solsangiz ranglar jilosida raqs tuşayotgan favvora sehrli köriniş kasb etgandek...
Kunduz kunlari olam-olam orzular bilan yangi oila qurayotgan kelin-kuyovlar sarkarda va şoir bobolarini yöqlab keladilar. Farzandlari dunyo möjizalaridan biri bölgan muhabbat saroyi - Tojmahalni qurgan dilbar şaxs haykali yonida öz sevgi qasrlarini bunyod etişga ahdu-paymon qilişadi.
Oppoq libosdagi suluv kelinçakni yoniga olib, döstu-yorlar davrasida şodon sayr qilib yurgan kuyov yigitni suhbatga tortamiz. – Bugun kelinçagim Mavjudaxon bilan hayotimizdagi eng baxtli kunni Bobur maydonida nişonlaşdan boşladik,- deydi kuyov yigit Ixtiyorjon Sulaymonov. Döstlarim va turmuş qurayotgan jufti halolimning dugonalari bilan hiyobonni aylanib, ajib lahzalarni fotosuratlarga muhrladik.













