Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Rossiyaga "olov bilan öynaşmaslik"ni tavsiya qildi. Uning bu gapi Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirilişi bilan boğliq voqeadan keyin özini tutişiga nisbatan aytilgan. “Hurmatli Putin, kim terrorçilikka nisbatan ikki xil standart qöllasa, öşa olov bilan öynayapti”, - ta'kidladi Erdöğan.
“Men bu sözga oxirigaça qöşilaman, töğri, - sözida davom etdi Turkiya yetakçisi. – Suriyada 380 ming jonni olgan davlat terrorçiligini qöllagan Asad rejimini yordam beriş... IŞIDni öqqa tutiş bahonasi bilan xalqaro rasmiy maqomi bölgan muxolifatni öqqa tutiş, töğri, olov bilan öynaşişdir. Mintaqada tijoriy faoliyat hamda gumanitar yordam körsatiş maqsadida ketayotgan yuk maşinalarini ma'suliyatsiz bir şaklda öqqa tutiş, töğri, olov bilan öynaşişdir”.
“Rossiyaga samimiy bir şaklda olov bilan öynaşmaslikni tavsiya qilamiz”, - sözini yakunladi Turkiya prezidenti.
26 noyabr kuni Erdöğan Turkiya urib tuşirilgan Su-24 uçun Rossiyadan uzr söramasligini aytib ötgandi.
Biroz oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Turkiyaning "haddidan oşganini" bildirgandi.






