Kia kompaniyasi Janubiy Koreyada boşqa davlatlar bozorlarida Cerato va Forte nomi bilan sotiluvçi yangilangan K3 sedanini namoyiş qildi. Modelning taşqi körinişi özgardi, jihozlari röyxati esa zamonaviy elektron yordamçilar bilan töldirildi.

Cerato’ning boş yoruğlik çiroqlari şakli va yoruğlik-diodli çiroqlari örni, orqa çiroqlardagi yoruğlik texnikasi, radiator panjarasi va old bamper özgardi. Bundan taşqari, yangi beş spitsali ğildirak disklari paydo böldi.

Optsiyalar qatoriga körilmas zonalarni monitoring qiliş tizimi va avtoparkovkaçi, harakat rejimini (Normal, Comfort, Sport i Eco) tanlaş tizimi, ventilyatsiya va körsatkiçlarni eslab qoliş funksiyasiga ega örindiqlar, ğildiraklarda bosimni nazorat qiliş tizimi, elektroprivodli yukxona eşigi kiritildi.

Yangilangan modelda ölçamlari kattalaştirilgan sensor ekranli multimedia tizimi qöllandi. Avtomobil intererida old panelda tugmalar joylaşişi, rul çambari şakli va uzatmalar qutisi dastagi dizayni özgardi.

K3 dvigatellar qatori Koreyada 1,6 litrli, 132 ot kuçiga ega atmosferali motor va 1,6 litrli, 128 ot kuçiga ega turbomotor bilan taqdim qilingan. Uzatmalar qutisi olti poğonali “avtomat” şaklida.
Avtomobilning AQŞ uçun çiqariladigan varianti – Kia Forte yanvarda Detroyt avtosalonida taqdim qilinadi. Modelning Yevropa uçun möljallangan varianti qaçon namoyiş qilinişi hozirça noma'lum.














