Misr poytaxti Qohira çetidagi blokpostga uyuştirilgan hujum oqibatida 4 nafar politsiyaçi halok böldi. Al-Ahram gazetasining yangilik portali xabar berganidek, hujum maşhur Joser ehromi joylaşgan Sakkara nekropoliga eltadigan trassa ustida amalga oşirilgan.

Noma'lum şaxslar mototsikllarda blokpostga yaqinlaşib, ularga qarata avtomatik quroldan öt oçgan. Ayni paytda voqea yeri örab olinib, dastlabki tekşiruv ötkazilmoqda.