26 noyabr kuni Toşkent şahrida yurtimizda ilk marotaba ötkazilayotgan akademik çolğular, estrada va an'anaviy ijroçilik böyiça “Iste'dod” xalqaro tanlovi boşlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan taşkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda 10 dan ortiq davlatdan (Fransiya, Koreya Respublikasi, Azerbayjan, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston) va yurtimizdan 160 nafardan ortiq iqtidorli yoş ijroçilar iştirok etişmoqda.
“Iste'dod” xalqaro tanlovi 2 ta bosqiçda fortepiano, torli çolğular (skripka, alt, violonçel, kontrabas), estrada xonandaligi va an'anaviy xonandalik yönalişlarida bölib ötmoqda.

Xalqaro tanlov dasturiga köra 26-27 noyabr kunlari 1-2 bosqiçlar bölib ötadi. Tanlov iştirokçilari uçun 28 noyabr kuni qadimiy va navqiron Samarqand şahriga sayohat uyuştirilib, şahardagi tarixiy obidalar hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça 2009-2014 yillarga möljallangan Davlat dasturi töğrisida”gi Qarori asosida mamlakatimiz bolalar musiqa va san'at maktablarida olib borilgan islohotlar bilan yaqindan tanişadilar. Xususan, Samarqand şahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi faoliyati va u yerda yoş iqtidor egalari uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar, ta'lim-tarbiya jarayonlarining guvohi bölişadi.