Mehmonxonalar taşrif buyuruvçilar faqat tunni ötkazadigan maskan vazifasini ötamay qöyganiga ança böldi. Zamonaviy mehmonxona majmualari turli xizmatlari va öz arxitekturasi bilan barçani hayratga solib kelmoqda. Quyidagi mehmonxonalar haqiqatan ham qurilayotganiga işoniş qiyin.

1. “Shimao Wonderland InterContinental” — karerdagi mehmonxona

Xitoyning Şanxay şahridagi taşlandiq karerlardan birining hududida “Shimao Wonderland InterContinental” mehmonxonasi qurilmoqda. Inşoot 19 qavatli bölib, uning faqat uçta qavatigina yer yuzasida böladi. Qolgan qavatlar karer ostida joylaşadi. Taşrif buyuruvçilarni nafaqat yuqori darajadagi xizmat, balki banji-jamping, qoyaga tirmaşib çiqiş, ulkan akvarium hamda 60 metrli şişa şarşara bilan hayratga soliş rejalaştirilgan. Uşbu mehmonxonaning qurilişi 2017 yilda nihoyasiga yetadi.

2. “Poseidon Underwater Resort” — suv ostidagi mehmonxona

Fiji orolida bir oz vaqtdan söng suv ostida joylaşgan “Poseidon Underwater Resort” mehmonxonasi paydo böladi. Yaşaş kapsulalaridan taşqari, suv ostida spa-salon, kutubxona va restoran joylaşadi.

3. “The Crescent Hotel” — arka körinişidagi mehmonxona

Ozarbayjon poytaxti Boku barçani özining arxitektura durdonalari bilan hayron qoldirişda davom etmoqda. 2016 yilda bu yerda ulkan arka körinişidagi balandligi 160 metrli mehmonxona qurilişi yakunlanadi.

4. “Royal Atlantis” — şişadan qurilayotgan mehmonxona

2017 yilda Dubayda körinişi şişa saroyni eslatuvçi “Royal Atlantis” mehmonxonasini köriş mumkin böladi. Quriliş qiymati 1,4 milliard dollarni taşkil etadi.

5. “Dawang” toğ kompleksi — Xitoydagi kelajak mehmonxonasi