Duş qabul qilayotgan paytda issiq suvni öçib qolişi yoqimli holat emas, albatta. Ammo muntazam ravişda sovuq duş qabul qilişning salomatlik uçun bir neçta foydali tomonlari bor.
Agar duş qabul qilayotganingizda suv sovuq bölsa özingizni qanday his qilasiz?
Issiq badaningizga muzday suv oqimi urilganda nafasingiz tiqilib qoladi, ehtimol qiçqirib yuborarsiz. Lekin suvni öçirişingiz bilan bu his sizni birdaniga tark etadi va bu holat yoqimli bölganini tuşunasiz. Tanangizga adrenalin oqib kiradi. Etingiz junjikadi va sovuq duş qabul qilişni uddalaganingizni anglab yetasiz.
Bizning öta qulay hozirgi yaşaş tarzimiz sovuq suvning foydali jihatlarini anglamasligimizga sabab bölmoqda va şu bois biz har safar iliq suvda çömilişni xuş köramiz. Biroq sovuq duş qabul qilişning öziga yaraşa yaxşi tomonlari bor.
Qon aylanişini yaxşilaydi
Sovuq duş tanada qon aylanişini tezlaştiradi. Bu yurak-qon tomir tizimi uçun foydali va qon bosimi oşişida, arteriyalar qotib qolişida hamda venalarning varikoz kengayişi kabi kasalliklarning oldini olişda yordam berişi mumkin. Miyada qon aylanişining tezlaşişi uning benuqson işlaşiga xizmat qiladi.
Sovuq suv – eng yaxşi antidepressant
Adrenalin oşişi va periferik asab tolalari orqali sodir böladigan köp sonli elektr impulslari tuşkunlikka qarşi kuçli ta'sir körsatadi.
2008 yilda ötkazilgan tadqiqotlarda “tana haroratining qisqa muddatli özgarişga duç kelmasligi tuşkunlikni keltirib çiqaradi” degan ğoya ilgari surilgan.
Bu ğoyada jon bor. Sovuq ta'sirida simpatik asab tizimi faollaşadi va tuşkunlikni yöqotuvçi noradrenalin deb nomlanadigan kimyoviy modda ajralib çiqişi kuçayadi. Tajribalar sovuq suv bilan davolaş tuşkunlik simptomlarini bartaraf etişini körsatdi.
Sovuq suv teri va soçlarga yaxşi ta'sir körsatadi
Soç sinişining oldini oliş va jilolanişi uçun boşni sovuq suvda yuviş kerakligini eşitganmisiz? Issiq suv teri va soçlarni quritib yuboradi, sovuq suv esa elastiklik bağişlaydi va teri tirişişining oldini oladi.
Darvoqe, yuzingizni limon şarbati qöşilgan sovuq suvda yuvişni tavsiya qilamiz.
Sovuq suv sportdagi natijalarni yaxşilaydi






