Savdo markazlarida tekinga narsa berişyaptimi? Uni rad eting...
Butik, gözallik saloni, restoran va boşqa örinlarda pulingiz özingiz bilmagan holda bepul xizmatlar va katta bölmagan sovğalar tufayli ketib qoladi. Masalan, soçingizni turmak qiluvçi usta oldida navbat kutib ötirganingizdagi bir piyola çoy sizning hamyoningizni quritişi mumkin. Magazin kassasidagi şaffof vazada turgan konfetlar mana şuni közlab turişibdi. Yana buyurtmangizni tayyor bölguniça oşpazning sizga körsatgan iltifoti ham qopqondir. Bu kabi xayrixohlik va e'tibor tagida sizning mana şu brendga sodiqligingizni tarbiya toptiriş maqsadi yotibdi. Şunday ekan, agar ortiqça pul işlatişni istamasangiz, heç narsani tekinga olmang.

Bu hatto ilmiy jihatdan ham isbotlangan. Inson — ijtimoiy jonzot. U sovğalardan minnatdorlik his qiladi va uni qaytariş istagi paydo böladi. Yoki xizmatga xizmat bilan javob bergisi keladi. Miya, ong osti savdo örinlaridagi bu kutilmagan sovğalarni qarz sifatida qabul qilib, sizni burçli his etişga majbur qiladi.
Alal-oqibat, istar-istamas bu ong ostidagi qarzni keraksiz xaridlar, bahoning oşişiga bölgan beparvo va vazmin munosabatimiz, tanişlarimizga brendni tavsiya etiş va boşqalar bilan tölaşga intilamiz. Mana bir çaşka tekin kofening körsatayotgan karomati.

Marketolog va biznes odamlariga bu yaxşi ma'lum. Şuning uçun sizni manipulyatsiya qilişlarini istamasangiz, heç qaçon heç narsani tekinga olmang. Bizning dunyoda heç narsa bepul berilmaydi.






