Suriyada urib tuşirilgan Su-24 samolyoti uçuvçisi Oleg Peşkovning jasadi ortilgan samolyot Moskvaga yetib kelişi kutilmoqda.
Bu haqda RIA Novosti agentligiga Lipetsk viloyati ma'muriyati xabar qilgan.
"Oleg Peşkovning jasadi solingan tobut avvaliga tez yordam maşinasida Turkiya janubida, Suriya bilan çegara yaqinidagi Xatay aeroportining yozgi maydoniga olib kelindi. Söng Anqaraga yetkazildi, uni aerodromda Rossiya elçisi va harbiy attaşesi kutib oldi.
Söngra samolyot Moskvaga uçgan. Mudofaa vazirligi barça jarayonni öz nazoratiga olgan", deydi manba.
Uçuvçining jasadi Lipetskka dafn etiladi.
Uning jasadi sud tibbiy-ekspetrizasidan ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni Suriya osmonida urib tuşirilgan Su-24 bombardimonçi samolyoti Suriyaning Lataqiya viloyati hududiiga, Turkiya çegarasiga yaqin bölgan hamda Rossiya aviatsiyasi bazasi joylaşgan hududga qulagandi.
Samolyotni urib tuşirgan Turkiya tomoni samolyot öz havo kengliklarini buzib ötganlikda ayblab urib tuşirgan.
Moskva tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.






