Turkiya boş vaziri Ahmad Davutöğli YeI-Turkiya sammiti yakunlari böyiça uning mamlakati va Yevrokengaş Turkiyaning YeI tarkibiga kirişi jarayonini tezlatiş uçun yiliga ikki marotabadan sammit ötkazişini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Biz har yili ikki martadan sammit ötkaziş, qöşiliş jarayonini tezlatişga kelişib oldik. YeI bilan vizasiz tartib masalasi böyiça kalendar belgilab olindi. Martda (2016 yil) birinçi hisobot, iyunda — muhojirlarni ortga qaytariş töğrisidagi kelişuv, oktabrda esa vizasiz tartib kuçga kiradi. Buning uçun biz va Yevrokengaş tomonidan qilinadigan işlar bor”, - dedi u.

Davutöğli YeI tomonidan ajratilgan 3 milliard yevro Turkiya emas, balki qoçqinlarga sarflanişini ma'lum qildi.
“Bizning yakuniy maqsadimiz odam savdosi hamda qoçqinlarga nisbatan jinoyatlar yölini kesiş, şuningdek, Yevropaga yöl olgan muhojirlar sonini qisqartirişdan iborat”, - deya qayd etdi boş vazir.

Sammitda YeI va Turkiya rahbarlari tomonidan Anqara tomonidan taklif etilgan vizasiz tartib, moliyaviy kömak hamda migratsion inqirozni hal etişda kömaklaşiş hisobiga YeIga qöşiliş borasidagi muzokaralarni qayta jonlantiriş masalalari muhokama qilindi.