Bir şohning ikki vaziri bor edi. Biri aql-farosati, töğrisözligi bilan e'tiborga tuşgan, podşo köp masalalarda undan maslahat olar edi. Bu vazir birovga yomonligi yöqligi bilan ajralib turar, uning “Yaxşi odamga yaxşi munosabatda böling, yomonga özining yomonligi yetadi” degan gapi el orasida maşhur bölib ketgan edi.

Narigi vazir esa uning saroydagi mavqei va odamlar orasidagi obro‘-e'tiboriga hasad qilardi. Kunlarning birida hasadçi vazir podşoning qabuliga kirib, dedi: “O, podşoyi olam! Sevimli vaziringiz: “Şohimizning oğzidan yoqimsiz hid keladi”, deb aytdi”. Hukmdor sevimli vaziriga alohida mehr qöygandi, şu sababli bu vazirning sözlariga işonmadi. Hasadçi esa şohning şunday munosabat körsatişini hisobga olib qöygandi: “Uni huzuringizga çaqiring, sizga yaqinlaşgan payti qölini burniga olib boradi, şunda men bu gaplarni bekorga aytmaganimga amin bölasiz”, dedi u.

Hukmdor bosiqlik bilan buyurdi: “Yaxşi, uni çaqirib kel-çi”. Içiqora vazir raqobatçisini ziyofatga taklif etdi va ovqatga juda köp sarimsoq qöşdi. Yemaganiga qöymadi. Tuşlik tugagan zahoti birinçi vazirga uni podşo yöqlayotgani, zudlik bilan borişi kerakligi aytildi. U, ilojsiz, saroyga yöl oldi.

Podşo uning salomiga alik oldi-da: “Qani, menga yaqinroq ötir-çi”, deb buyurdi. Vazir hukmdorga yaqin kelgan zahoti sarimoq hidi bilinmasin deb qöllari bilan oğzini yopdi. “Ha, narigi vazirim töğri gapirgan ekan”, deb öyladi şoh. Söng bir qoğozga maktub yozdi-da, uni eltib berişni vazirga topşirdi. Podşo kimnidir mukofotlaşni istasagina öz qöllari bilan xat yozardi. Voqealar nima bila tugaşini intiqlik bilan kutib turgan hasadçi vazirning hafsalasi bir böldi. “Bu yaramas qutulib qolibdi-da, uning ustiga mukofot ham olibdi” deb öyladi u va raqibidan xatni unga berişini iltimos qildi. Bağrikeng vazir uning iltimosini qabul qildi va qayerga, kimga eltib berişi kerakligi tuşuntirdi.

Lekin xatda heç qanaqa mukofot haqida gap yöq edi. Unda “Bu xatni olib borgan kişining boşini tanasidan judo qiling!” deb yozilgan edi. Birinçi vazirining saroyga soğ-omon kirib kelganini körgan podşo bunda bir sir borligini angladi. Vazir unga bölgan voqealarni aytib beraç, “Sen haq ekansan. Yomonga özining yomonligi yetarli ekan”, dedi va donişmand vaziriga bölgan mehri yana bir karra ortdi.

Manba: Muxlis.uz / “Irfon” taqvimining 2014 yil 1-sonidan olindi