Özbekiston aloqa operatori Beeline mavjud baza stansiyalarining tarmoqlari uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlanişi va elektr quvvatini tejaş maqsadida quyoş batareyalaridan foydalaniş böyiça yirik loyihaning işga tuşirilgani haqida xabar beradi. Bugungi kunda yuzlab faoliyat yuritayotgan va yana önlab 2015 yilning söngiga qadar yoqilişini kutayotgan tizimlar haqida söz olib borilmoqda.

“Quyoş quvvatining işonçliligi, şovqinsizligi va avariyasiz uzoq muddat işlaşi kabi hammaga ma'lum afzalliklari bilan bir qatorda uning eng asosiy foydasi uning har yerda mavjudligidir. Özbekiston haqida gapiradigan bölsak, quyoş nuri deyarli hamma yerda bor, köpinça aynan şu omil juda muhimdir, – belgilaydi Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuçev. – Nima bölganda ham, tarmoq – bu har qanday mobil operatorning eng asosiy poydevoridir, şuning uçun baza stansiyalarning uzluksiz faoliyat körsatişi – bu biz uçun juda muhim, va biz şu bilan respublika energetikasini rivojlantiriş va modernizatsiya qilişga öz hissamizni qöşgan holda uşbu yönalişga sarmoyalarimizni köpaytirişda davom etamiz”.

Belgilab ötiş joiz, kompaniya şunga öxşaş yeçimlarni joriy qilişda katta tajribaga ega: masalan, 2013 yilda Beeline‘ning yuzlab reklama qurilmalari quyoş energiyasi yordamida işlaydigan avtonom tizimlar bilan jihozlangan edi, hozir esa biz ilk bor asosiy tarmoqni rezervli quvvat bilan ta'minlaş böyiça ilk bor jiddiy qadam qöydik.

Unitel‘ning jamoatçilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov: “Har bir mijozlarga qulayliklar tuğdiruvçi biznes kabi bizning maqsadimiz – avariya holatlarida ham uzluksiz ravişda abonentlarga sifatli xizmatlarni taqdim etiş – har qanday resurslarni rezerv qilişning manosi aynan şunda. Bundan taşqari biz ijtimoiy mas'uliyatga ega, öz biznesini oçiq-oydinlik va ekologiklik negizida quradigan kompaniyamiz. Şunday ekan yaşil energetika va elect quvvatini tejaş ham strategiyamizning ajralmas qismi, ham biznes olib borilişining falsafasiga kiradi”.

Bundan taşqari, bu loyihada Beeline fotoelektr elementlarni taqdim etuvçi mahalliy ta'minotçidan quyoş panellarini harid qilgan holda, mamlakat sanoatini qöllab-quvvatlamoqda. Buning sababi yirik korporatsiyalar tomonidan berilgan katta miqdordagi buyurtmalar uşbu işlab çiqariş sohasini rivojlantirib, uni ham kiçik biznes, ham aholi uçun qulay va arzon bölişiga imkoniyat tuğdiradi.