Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov öz tvitteridagi sahifasida Telegram raqobatçisi bölmiş WhatsApp messenjerini Android tizimidagi Telegram messenjeri havolasini filtrlab olganlikda aybladi.

Durovning fikriça, mana şu uslub bilan 80 foiz WhatsApp foydalanuvçilariga Telegram havolasiga kiriş mumkin bölmay qoldi.

Bu Durovning internet raqobatçisiga töğridan-töğri qilgan e'tirozi emas. 2014 yilda Pavel Durov va WhatsApp asosiçisi Yan Kum bir-birini rosa “savalagan” edi: Kumning fikriça, Durovda original ğoya yöq.