Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Parijda ötayotgan iqlimiy konferensiya doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya tomonidan rasmiy Anqaraga qöyilayotgan ayblovlarga javob berdi.
Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyani IŞID bilan hamkorlikda, jumladan, terrorçilardan neft sotib olişda ayblagan, bunga javoban Erdöğan, agarda ayblovlarga isbot keltirilsa, iste'fo berişini ta'kidlagan edi.
“Qonuniy yöllar bilan neftni qayerdan olyapmiz, tabiiy gazni qayerdan olyapmiz, bularning hammasi ma'lum. Terrorçi guruhlar bilan bunday oldi-sotdi qiladigan darajada ğurursiz emasmiz. Buni hamma bilib qöyişi lozim”, - dedi u.
“Bugun bu yerda bir gapni aytaman, - uning sözlarini keltiradi Hürriyet naşri. – Bunday narsa isbotlangan taqdirda millatimiz ğururi şuni talab qiladi. Men bu maqomda turmayman, ammo hurmatli Putindan sörayman, sen öz maqomingda qolasanmi? Men bu haqda oçiqça gaplaşaman”.






