Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylaşgan Maçay qişloğida yonar buloq topildi. Bu haqdagi maqola “Narodnoye slovo” gazetasida çop etildi.
Muallifning ta'kidlaşiça, buloqning bunday xususiyati haqida 10 yil muqaddam ma'lum bölgan.

“Ilgari bu buloq heç kimning diqqatini tortmas edi, negaki toğlarda bu kabi buloqlar köp, - deb hikoya qiladi mahalliy aholi vakili, 80 yoşli Salohiddin Majidov. – Ön yil oldin qiş payti Maçayga yöl olgan bir sayyoh yöl böyida dam olişga qaror qiladi. Buloq oldiga ötirib, ötin terib, olov yoqadi.

Keyin qarasa, olov suvga yetib boradi, suv ham yonib, atrofni isita boşlaydi... Şundan buyon bu joy Yonarbuloq nomini oldi. Uning bu xususiyatini qişloqning har bir odami şaxsan tekşirib kördi”.
Maqolada buloqning bunday xususiyatlari qanday hodisa bilan boğliqligi tuşuntirilmagan.