Rossiya prezidenti Vladimir Putin Parijdagi Iqlim özgarişi konferensiyasining suratga tuşiş marosimi va motam tadbirlarida nega iştirok etmaganini tuşuntirdi. Uning aytişiça, bu “texnik sabablar”ga boğliqdir.

Le-Burjda ötgan matbuot anjumanida unga jurnalistlardan biri şu savolni berdi.
“Mening suratga tuşiş marosimi va motam tadbirlarida iştirok etmaganim texnik xarakterdagi masaladir”, - dedi u.
Putin bu “grafik masalasi” hamda “hamkasblar bilan konferensiyadagi çiqişlar va ikki tomonlarni muhokama qiliş” bilan boğliqligini ta'kidlab ötdi.

Şuningdek, Putin Parijdagi teraktlardan söng Rossiya birinçilar qatorida Fransiyaga hamdardlik bildirganini eslatib ötdi.
“Rossiya teraktlarga köp bora duç kelgan va ulkan yöqotişlar körgan”, - dedi u, A321 halokatini yodga olarkan.

Parijda Putinning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuvi belgilanmagan bölsa ham, ular suratga tuşiş marosimida yuzma-yuz bölişi mumkin edi. Ayrim jurnalistlar Putin şu tufayli keç qolganini taxmin qilmoqda.
Parijda Putin AQŞ prezidenti Barak Obama, Germaniya kansleri Angela Merkel, XXR raisi Si Tszinpin va Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunkerlar bilan uçraşdi.