Samarqand şahri yaqinidagi "Farhod" şaharçasida kuniga 500 tonna sement işlab çiqariş quvvatiga ega ulkan zavodning quriliş işlari yakunlandi.

Xitoyliklar investitsiyasi (3 mln 345 ming dollar) va "Farhod şifer" MÇJ tomonidan ajratilgan 14,5 mlrd söm mablağ evaziga qurilgan bu zavodda Yevropada tayyorlangan uskunalar örnatilgan.

"Samarkandskiy vestnik" naşri ma'lumotiga köra, "Farhod şifer" MÇJ rahbari Ilyos Fattoyev korxonada işlab çiqariş 2016 yilning birinçi çoragida boşlanadi. Ayni vaqtda zavodda xitoylik mutaxassislar jihozlaş va montaj işlarini olib borişmoqda.

Bu loyiha orqali 300ta yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.

Biroz avvalroq, Özbekistonda ayni vaqtda 8,8 mln tonna sement işlab çiqarilayotgani, 2020 yilda bu körsatkiç 2 barobar ortişi haqida ma'lum qilingandi.

Ayni vaqtda Özbekiston bozorida 4ta işlab çiqaruvçi bor: “Ohangaronsement”, “Bekobodsement”, “Qizilqumsement”, “Quvasoysement”. Ular sementning 90 foizini işlab çiqarmoqda.