Fransiya boş vaziri Manuel Vals "Real" jamoasi hujumçisi Karim Benzemaning Valbuena bilan boğliq mojarolari doirasida milliy terma jamoadan çetlatilişi borasidagi takliflarga qöşilişini ma'lum qildi.
"Agar bu mojaro boş vazir aralaşadigan darajaga kelgan bölsa, u albatta çetlaştirilişi kerak. Terma jamoa futbolçilari ma'lum ma'noda Fransiya xalqining jahondagi yuzi hisoblanişadi. Agar futbolçi özini nazorat qila olmasa, bunday futbolçiga terma jamoada örin yöq", deydi Vals Le Figaro naşriga bergan intervyusida.
4 noyabr kuni Benzema Mate Valbuenaga nisbatan tama qilişda gumon qilinişi bilan boğliq holda hibsga olingandi.
5 noyabr kuni unga nisbatan ayblov e'lon qilingan.
14 noyabr kuni Benzema Valbuenani şantaj qilişda iştirok etganini tan oldi.
Şuningdek, Benzema tovlamaçilik işida aybdor deb topilsa, «Real» undan voz keçişi xabar qilingandi.






