Facebook ijtimoiy tarmoği asosçisi Mark Tsukerberg va Pristsilla Çan oilasida qiz tuğilgan.
"Pristsilla va men qizimiz Maksni sizlarga taniştirişdan xursandmiz", deya yozgan Tsukerberg öz sahifasida.
U şu munosabat bilan qoldirgan postida farzandi kelajakda yanada yaxşiroq dunyoda yaşaşiga işonç bildirgan hamda bunday dunyo qurilişida öz hissasini qöşişini aytib ötgan.
Uning qayd etişiça, hozirda odamlar köplab kasalliklarga davo topişdi, qaşşoqlik darajasi pasaytirildi va inson huquqlari himoyasi ta'minlangan kuçli jamiyatlar barpo etildi.
Bundan oldinroq, Tsukerberg qizi dunyoga kelişidan keyin 2 oyga ta'tilga çiqişi xabar qilingandi.






