Şimoliy Koreya özini OITSdan ozod hudud deb e'lon qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi ma'lum qildi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreyaning “Minçju Çoson” gazetasi 1 dekabrda mamlakatda “eng a'lo darajadagi soğliqni saqlaş tizimi mavjudligi va xalq siyosati yuritilgani” bois birorta ham OITS bilan kasallangan odam aniqlanmagani ta'kidlangan maqolani çop etdi.
“Bizning respublika kelgusida ham OITSning oldini oliş böyiça sanitar işlar ustidan nazoratni kuçaytiradi hamda odamlarning taqdiri va soğliğini qöriqlaydi”, deb aytilmoqda maqolada.
Koreya Markaziy telegraf agentligi ma'lumotlariga köra, 1 dekabrda Pxenyandagi Xalq san'at saroyida 1 dekabr dunyoda OITSga qarşi kuraşiş kuni sifatida nişonlanişi munosabati bilan yiğiliş bölib ötdi. Bu yiğilişda boşqa davlatlardagi OIV-infeksiya bilan boğliq vaziyat haqidagi ma'ruza tinglandi va poytaxtning Soson tumani Xalq şifoxonasi jamoasining tarğibot çiqişi bölib ötdi.






