Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Rossiyaga qarşi jiddiy ayblov bilan çiqdi. Uning fikriça, IŞID neftini Turkiya emas, Rossiyaning özi sotib olmoqda. Bu haqda Ğarbdagi naşrlarga asoslangan holda "Interfaks" agentligi xabar tarqatgan.

"Bizda bunga isbot bor. Biz ulardan farqli ravişda öz dalillarimizni butun dunyoga oşkor qila olamiz", degan Erdöğan Anqaradagi çiqişi vaqtida.

Uning sözlariga köra, jangarilardan katta miqdorda neft sotib olgan şaxslardan biri Jorj Hasvani bölib, u Rossiya fuqarosi hisoblanadi.

Bungaça Rossiya tomoni Turkiya prezidenti oilasiga tegişli kompaniya IŞIDning neftini xarid qiliş bilan şuğullanayotganligini bir neça marta ta'kidlagandi.

Erdöğan esa bunga javoban "Turkiyaga tuhmat qilişga heç kim haqli emasligini" bildirgan.