Butun dunyoda keng polosali aloqa xizmatidan foydalanuvçilar soni 2010 yildagi 0,8 milliarddan 2015 yilda 3,5 milliardga qadar oşdi. Rivojlanmagan mamlakatlarda faqatgina 6,7 foiz xonadonga internet kirib borgan bölsa, butun dunyodagi örtaça körsatkiç 46 foizni, rivojlangan mamlakatlarda esa 80 foizdan ziyodroqni taşkil etmoqda. Bu haqda BMT qoşidagi Xalqaro elektroaloqa kengaşi (ITU) hisobotida söz boradi.
Tahlillar natijasi şuni körsatmoqdaki, 2010-2015 yillarda AKT taraqqiyot indeksi (IDI)ga qöşilgan barça 167 davlatning IDI böyiça körsatkiçlari yaxşilandi. Şuningdek, mobil aloqa abonentlari soni jadallik bilan ortib bormoqda. Ular soni 7,1 milliarddan oşib, uyali aloqa Yer yuzi aholisining 95 foizdan ziyodroğini qamrab oldi.
Keng polosali tarmoq va mobil aloqa Janubiy Koreyada eng taraqqiy etgan. Undan keyingi örinlarni Daniya, Islandiya, Britaniya va Şvetsiya egallagan. Yaponiya 11- banddan joy olgan bölib, Germaniya va AQŞ — mos ravişda 14 va 15- örinlarda qayd etilgan.

Katta iqtisodiy imkoniyatlarga ega bölişiga qaramasdan, Xitoy taşkilot reytingining 82- poğonasidangina joy olgan. Hindiston esa beş yil avvalgiga qaraganda 5 poğona pastlab, 131- örinni band etdi.
ITU hisobotida dunyodagi 350 million kişi na internet, na mobil aloqa bilan ta'minlanmay qolayotgani haqida sözlaydi. Ular, qoidaga binoan, dunyoning Malavi, Madagaskar, Efiopiya, Eritreya va Çad kabi qaşşoq mamlakatlarda yaşaydi.
IDI reytingida MDH davlatlaridan Belorus eng yaxşi natijani qayd etib, dunyo reytingida 36 örinni band etdi. Keyingi örinlarni Rossiya (45), Qozoğiston (58), Qirğiziston (97) va boşqalar egallagan. Mazkur röyxatda Özbekiston haqida ma'lumot taqdim etilmagan, faqatgina hisobotda qayd qilingan keng polosali aloqa xizmatlari savati reytingida mamlakatimizning 2014 yildagi körsatkiçi 102- örin deya belgilangan.






