Janubiy Afrika Respublikasi va Xitoy qariyb 7 milliard dollarlik 26ta şartnomani imzoladi. Bu haqda JAR prezidenti Jyeykob Zuma XXR raisi Si Tszinpin bilan bölib ötgan muzokaralardan söng ma'lum qildi.
Hujjatlar sanoatlaştiriş, maxsus iqtisodiy zonalar, infratuzilmalar, maqbul kreditlaştiriş va boşqa muhim sohalarni qamrab oladi.
Zumaning sözlariga köra, XXR bilan munosabatlar ayni paytda yuqori darajada bölib, ular Si Tszinpin bilan yangi munosabat örnatişgan.
Ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi hajmi 2015 yilda 60,3 mlrd dollar, Xitoyning Afrika qit'asidagi yetakçi iqtisodiyotga ega mamlakatiga kiritgan sarmoyasi miqdori esa 13 mlrd dollarni taşkil etdi.
Si Tszinpin 4-5 dekabr kunlari JARga ikki kunlik davlat taşrifi bilan borib, Yoxanesburgda 2- Xitoy-Afrika hamkorlik sammitida iştirok etadi.
Xitoy Afrika mamlakatlarining asosiy savdo hamkori bölib, 2014 yilda özaro savdo ayriboşlaş hajmi 220 mlrd dollarni taşkil etdi, qit'a iqtisodiyoti va boşqa sohalari rivoji uçun XXR 32,4 mlrd dollarlik investitsiya kiritdi.






