Rossiyalik maşhur jurnalist Vladimir Pozner “Biznes Online” naşriga bergan intervyusida tolerantlikka munosabat bildirdi. Suhbatdoşining bu atamani AQŞ va Yevropa notöğri tuşunayotgani haqida taxminiga javoban u şunday dedi:
“Men fikrimni aniq ifodalab bermadim şekilli. Tolerantlik, birinçidan, özlaşma söz, uning rusça varianti bor: bağrikenglik (terpimost). Ajoyib atama, gap boşqa fikr, boşqa qaraş haqida ketsa. Bu ajoyib! Bağrikenglik çegarasi bormi? Masalan, özgaça fikr boşqalarning huquqlarini poymol qilsa? Bunga çidaş kerak emas. Lekin, boşqa tomondan, Fransiyada Şimoliy Afrikadagi sobiq mustamlakalari – Jazoir, Marokaş, Tunisga nisbatan aybdorlik hissi bor. Germaniyada – Birinçi va Ikkinçi jahon uruşi tufayli aybdorlik hissi. Bu mana şunday tolerantlikka olib keldi: bu boşqa madaniyat, boşqa din, boşqa odat odamlari ekanligini aytiş faşizm deb baholanadi; agar ular biznikiga yaşaşga kelsa, biz ularning barçasini qabul qilişimiz lozim”.






