Bugun, 3 dekabr kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Federal yiğini majlisida öz murojaatini oşirmoqda. Uning çiqişi Rossiyaning barça axborot kanallari orqali töğridan-töğri uzatilmoqda.
Murojaat sukut daqiqasi bilan boşlandi. Zalda töplanganlar terrorçilar hujumlari oqibatida halok bölganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlaşdi.
“Öz burçini ado etiş uçun jonlarini fido qilgan askarlarimiz xotirasini şod etaylik. Terrorçilar qölidan halok qilingan barça Rossiya fuqarolari xotirasini”, - dedi Putin.
Şundan söng murojaat boşlandi. Avvalambor, Rossiya yetakçisi Suriyada faoliyat yuritayotgan Rossiya harbiylariga minnatdorçilik bildirdi.
“Bu yilgi murojaatni xalqaro terrorçilikka qarşi kuraşayotgan Rossiya harbiy xizmatçilariga minnatdorçilik sözlari bilan boşlamoqçi edim”, - ta'kidladi u.






