Senatorlar Özbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamğarmalari byudjyetlari, şuningdek, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yönalişlari hamda “2016 yilgi soliq va byudjyet siyosatining asosiy yönalişlari qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonunni qabul qilişdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Qayd etiş joizki, kelgusi yilga şakllantirilgan soliq-byudjyet siyosatining asosiy yönalişlarida, şuningdek, asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlarda yalpi içki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 8,2 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş 6,1 foizga, kapital qöyilmalar hajmi 9,6 foizga ösişi nazarda tutilgan.
2016 yilgi Byudjyetnoma loyihasida mikrofirma va kiçik korxonalarga mansub bölgan xizmat körsatuvçi korxonalar uçun yagona soliq tölovi stavkasini 6 foizdan 5 foizgaça tuşirilişi taklif etilmoqda. Bu mazkur korxonalar ixtiyorida 58,4 milliard söm qoldiriş imkonini beradi.
2016 yilda Davlat byudjyetining ijtimoiy xarajatlari YaIMning 11,9 foizi yoki umumiy xarajatlarning 59,2 foizini taşkil etadi. Kelayotgan 2016 yilda ta'lim sohasiga YaIMning 6,8 foizi yoki 2015 yilga nisbatan 16,6 foiz ösiş körsatkiçiga ega böladi. Şuningdek, soğliqni saqlaş sohasiga sarflanadigan mablağlar miqdori Yalpi içki mahsulot hajmining 2,8 foizini taşkil etib, mazkur jabhadagi islohotlar böyiça dasturlarni amalga oşiriş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş darajasini oşirişga yönaltiradi.






