The Verge jurnali muharriri Vlad Savovning fikriça, flagmanlik smartfonlari davri nihoyasiga yetmoqda: bozorda raqobat şu qadar kuçayib ketdiki, birorta uskunani ham eng yaxşi deb hisoblab bölmaydi, örta narx kategoriyasidagi apparatlar esa qimmatbaho gadjyetlardan sifat jihatidan deyarli qolişmaydi.
Savovning fikriça, 5 yil muqaddam smartfonlar bozoridagi vaziyat oddiy edi: har bir işlab çiqaruvçining öz flagmani bor edi – Nokia N8, Xperia X10, Palm Pre yoki iPhone 4.
Ammo 2015 yilga kelib qaysi kompaniyaning qaysi uskunasi eng yaxşi ekanligini bilib bölmay qoldi: Apple’da iPhone 6s va 6s Plus, Samsunğda Galaxy S6 va Note 5, LĞda G4 va V10, Microsoft’da Lumia 950 va Lumia 950 XL, Nexus’da esa 5X va 6P bor.
Endi işlab çiqaruvçilar bir xil ölçam va körsatkiçdagi uskuna hammaga ham töğri kelavermasligini tuşunmoqda. Bundan taşqari, operatsion tizimlar bozorida iOS va Android raqobatçilarga deyarli heç qanday imkoniyat qoldirmadi, va ayni paytda kun sayin bir-biriga yaqinlaşmoqda.
Savovning fikriça, bu vaziyat işlab çiqaruvçilardan birortasi yetakçilikka erişişini nihoyatda murakkablaştirib yuboradi. Şu bois bunday kompaniyalar eksperimentlarga borişiga töğri keladi. Jumladan, Lenovo Vibe P1 5000 mA/soatlik akkumulyator işlab çiqdi, ammo bu ham keyinçalik barça uçun standart bölib qoladi. Apple darajasidagi gigantlar esa takliflar xilma-xilligini oşirişga majbur, masalan, iPhone gulob rangda çiqarilmoqda.
Oxirgi yillarda deyarli har bir yangi raqobatçi flagmanni “iPhone qotili” deb ataşgan edi, ammo ulardan heç qaysi bu maqomni uşlab tura olmadi, va bu atama mazmunini yöqotdi.
“Öldiriş mumkin bölgan Ayfon endi yöq — endi atrofda hammasi ayfonlar, kattasi va kiçigi, qimmati va arzoni. “Flagmanlik” tavsifini endi har qanday narx kategoriyasidagi smartfondan topiş mumkin”, - tuşuntirdi Savov.
“2015 yilda smartfon xarid qiliş juda qiyin va ayni paytda juda oson vazifaga aylanib qoldi, - sözida davom etdi Savov. – Nyuanslarda çalkaşib ketiş heç gapmas, ammo deyarli jiddiy adaşmaysan. Agar foydalanuvçi öz instiktlariga işonib bir qaraşda öziga töğri keladigan uskunani xarid qilsa, u adaşmaydi. Darhaqiqat işlatişga yaroqsiz smartfonlar zamoni ötdi”.
“Şu bois ham biz flagmanlar uçun xayrlaşuv bazmidamiz, desak böladi, - xulosa qildi noşir. – Smartfonlar dasturiy va apparat ta'minotiga köra ortiq darajada bir-biriga öxşaş bölib qoldi, ulardan aniq birortasini ajratib körsatib bölmaydi.
Flagmanlar boşqa yöq, çunki barça smartfonlar juda öxşaş bölib qoldi – barçasining orasidan eng yaxşisini tanlab oliş imkoniyatini beradigan detallar öta sub'yektivlaşib, ğalati va hatto kulgili bölib qoldi. Butun flot kuçli bölgan bir paytda flagmanlar kimga kerak?”.






