Yozef Blatter FIFAning faxriy prezidentligi örnini egallamoqçi. Bu haqda uning maslahatçisi Klaus Ştolkerga asoslanib, TASS naşri xabar bergan.

"U FIFAning faxriy prezidentligi uçun saylanişga urinib köradi", degan Ştolker.
79 yoşli Blatter 29 may kuni FIFA prezidentligiga beşinçi marta saylangan, 4 kun ötib öz lavozimini muddatidan oldin tark etişi haqida ma'lum qilgandi.

Noqonuniy ravişda pul ötkazmalari sabab Blatter va Platini oktabr oyi boşida 90 kunga futboldagi faoliyatidan çetlaştirilgandi.

Hozirda uning örniga taşkilotni Afrika futbol konfederatsiyasi rahbari Issa Hayatu boşqarib turibdi. Prezidentlik saylovi 2016 yilning 26 fevralida ötkaziladi. Unda Blatter ham, uning örinbosari sifatida qaralgan Mişel Platini ham iştirok eta olmaydi.

Qayd etiş kerakki, bundan oldingi faxriy prezident Joao Avelanj 2013 yilning aprelida soğliğidagi muammolar tufayli lavozimini tark etgandi. U 1974 yildan 1998 yilgaça FIFA prezidenti bölgan.