Janubiy Koreya parlamenti 3 dekabrda 2016 yil uçun mudofaa byudjyetini ma'qulladi. Janubiy Koreya rejalaştiriş va moliya vazirligining ma'lum qilişiça, yangi byudjyet joriy byudjyetdan 3,6 foizga köproqni taşkil qilib, 38,8 trln vongaça (34,9 mlrd dollar) yetkaziladi.

Bu summadan 30 foizi qöşinlarni modernizatsiya qiliş uçun, qolgani ularni jangovor holatda uşlaşga sarflanadi.

Janubiy Koreya moliya vazirligi bergan hisobotga köra, mablağlardan bir qismi harbiylar sonini oşirişga sarflanadi – keyingi yilda Janubiy Koreya armiyasi 10 ming kişiga köpaytiriladi. Şuningdek, kazarmalarni qayta jihozlaş, harbiy gospitallarni takomillaştiriş, harbiylarning maoşlarini oşiriş, qurol-aslaha, jumladan Surion vertolyotlari işlab çiqariş kölamlarini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

Koinot yöldoşlari kuzatuviga xarajatlar ançagina qisqartiriladi: bu maqsadlar uçun dastlab belgilangan 9 mln dollar örniga faqatgina 1,8 mln dollar ajratiladi. Şuningdek, KF-16 qiruvçi samolyotini modernizatsiya qiliş loyihasini moliyalaştiriş ham qisqartiriladi.

Umuman, Janubiy Koreyaning keyingi yilgi byudjyeti 386,4 trln vonni (347,7 mlrd dollarni), ya'ni joriy yildagiga nisbatan 2,9 foiz köproqni taşkil qiladi.