Yevrokengaşning terrorizm masalalari böyiça koordinatori Jil de Kerkov 4 dekabr kuni Daniyada bölib ötgan referendum natijalaridan afsusda ekanini, biroq buni demokratiya namoyişi va xalq irodasi deb nomladi.
Daniyada Yevrokengaş istiqboliga şubha bilan qarovçilar YeI bilan yuridik va politsiya sohalaridagi yaqinlaşuv masalalariga bağişlangan umumilliy referendum yakunlariga köra ğalabaga erişişdi.
“Bu demokratiya. Biroq Yevropa xavfsizlikni ta'minlaşi mumkin, deb hisoblovçilar ham bor. Şunday bölsa ham men Daniyani (terrorizmga qarşi kuraşda) bizga kerak mamlakat deb bilaman”, - dedi Kerkov Bryusselda YeI TIV rahbarlari uçraşuvi arafasida.
Kerkovning aytişiça, endilikda Daniya Yevropa politsiya mahkamalari faoliyatini muvofiqlaştiruvçi mexanizm - Yevropol işida iştirok eta olmaydi.
3 dekabr kuni Daniyada hukmron Liberallar partiyasi taşabbusi bilan referendum ötkazilgan edi. Ovozlar hisob-kitob qilinganidan söng YeI yuridik qonunlariga moslaşişga qarşi 53,1 foiz ovoz berilgani ma'lum böldi. Yevrointegratsiya tarafdorlari esa 46,9 foizni taşkil etgan.
Daniya hukumati referendumni 2016 yilda ötkazişni rejalaştirgan edi. Hukumat Britaniya 2016 yoki 2017 yilda ötkazilişi kutilayotgan YeI tarkibidan çiqiş töğrisidagi referendum natijalari daniyaliklarga ta'sir körsatişidan çöçib referendum sanasini özgartirdi.
1993 yilda YeI Daniyaga umumevropa siyosatidagi törtta istisnoni taqdim etgan edi: umumevropa valyutasiga ötmaslik, yagona mudofaa tizimida iştirok etmaslik, yuridik sohada hamkorlik qilmaslik va yagona Yevropa fuqaroligini joriy etmaslik. A'zolikning bunday şartlari mamlakatning Yevropol işida töliq miqyosda qatnaşa olmasligini taqozo etadi.






